Birga hal qilishga harakat qilamiz.
Men kechilgan qarz uchun soliq to‘lashim kerakmi?
Agar qarz undirib bo‘lmaydigan deb hisoblansa, to‘lashingiz shart emas. Qarz kreditor uni undirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rgan, ammo bu natija bermagan taqdirda undirib bo‘lmaydigan deb tan olinadi. Bu individual savol bo‘lib, uni bepul maslahatimiz davomida batafsilroq tushunib olishingiz mumkin.
Qanday kafolatlar berasiz?
Bizning xizmat haqimiz kreditorlar oldidagi qarzingizning bir qismidir, buning ustiga bir tiyin ham qo‘shimcha to‘lamaysiz. Siz faqat qarzingizni qaytarish uchun to‘laysiz. Agar ma’lum muddatdan keyin biron-bir sababga ko‘ra dasturdan voz kechishga qaror qilsangiz, biz to‘lagan barcha pullaringizni qaytarib beramiz, qo‘shimcha xarajatlar bundan mustasno (hisobvaraqni yuritish, ishonchnoma, majburiy to‘lovlar va boshqalar), bundan tashqari shartnomani imzolashdan oldin, biz siz uchun ushbu xarajatlar miqdorini oldindan aniqlab beramiz.
Bu dastur kimlar uchun to‘g‘ri keladi?
Bizning dasturimiz kafolatsiz qarzlari bo‘lgan vijdonli qarzdorlar uchun mo‘ljallangan. Dasturda jismoniy shaxslar ham, yakka tartibdagi tadbirkorlar ham ishtirok etishlari mumkin. Agar moliyaviy ahvolingiz yomonlashayotgan bo‘lsa va qarzlaringizga foizlar qo‘shilsa, bizning dasturimiz sizga mos keladi. Qarzni yengillashtirish xizmatlarimiz sizning muammolaringizni hal qilib bera olsa, nega ortib borayotgan qarz bilan kurashish kerak?
Qarzlardan qutulish haqiqatan ham sarflangan vaqt, kuch va mablag‘larga arziydimi ?
Ha. Agar qarz majburiyatlari sizni har diom stressda yurishga majbur qilsa, qarz miqyoslari esa tugamaydiganday tuyulsa, biz ishlab chiqqan dasturga muvofiq qarzdorlikni kamaytirish va to‘lov shartlarini yengillashtirish oqilona yo‘l hisoblanadi. Biz nafaqat sizning qarzingizni kamaytirishga kelishamiz va mablag‘laringizni tartibga solishga ko‘maklashamiz, balki sizni har qanday odam shu kabi vaziyatda tushib qolishi muqarrar bo‘lgan stress, aybdorlik va xavotirlik hissidan xalos qilamiz. Biz muammolaringizni hal qilayotgan bir vaqtda sizda haqiqatan ham siz uchun muhim bo‘lgan: oila, martabaga diqqatni qaratishingiz va hayotdan to‘liq zavqlanib yashashingiz uchun vaqt paydo bo‘ladi.
Sizning xizmat haqingiz qancha bo'ladi?
Bizning xizmat haqimiz oylik to'lovning bir qismi sifatida to'langan umumiy qarzning 15%dan 25% foyizigacha bo'lgan belgilangan to'lovdir. Bizning xizmat haqimiz kreditorlar oldidagi qarzingizning bir qismidir, bundan bir tiyin ham ko'p to'lashingizga to'g'ri kelmaydi. To'lov faqat siz tomoningizdan tasdiqlangan dasturga muvofiq kreditor bilan hisob-kitob qilinganidan keyin amalga oshiriladi.